< Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boshlandi » Независимое информационное агентство. «ҲАМСИНФ»

Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bagʻishlangan xalqaro anjuman boshlandi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishlarining birida Abu-l-Muin Nasafiyga “ming yil oldin jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan alloma”, deya taʼrif bergan edi

 Qarshi shahrida (Qashqadaryo viloyati) buyuk alloma - Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bagʻishlangan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri voqea joyidan.

Tadbirda Turkiya, Misr, Rossiya, Bangladesh, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan taniqli islomshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishmoqda.


Konferentsiya ishtirokchilari Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan Qarshi tumanidagi Abu-l-Muin Nasafiy majmuasini ziyorat qildilar. Majmua negizida 500 oʻrinli masjid, kutubxona, muzey, maʼmuriy bino, tahoratxona, choyxona qurib bitkazildi.

“Anjuman ishtirokchilari Abu-l-Muin Nasafiy asarlari, uning islom ilm fanida tutgan ahamiyati, Oʻzbekistonning dunyo tamadduni rivojidagi muhim oʻrni haqidagi maʼruzalar bilan chiqish qilmoqda. Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, radikalizm, ekstremizm kabi chegara bilmas tahdidlarning xavfi ortib borayotgan bugungi kunda ham maʼrifat jaholatga qarshi urashishning eng samarali vositasi sifatida tan olinmoqda. Shu boisdan bu muhim masala har doim ham ilm ahlining diqqat eʼtiborida boʻlib kelgan. Buyuk ajdodimiz Abu-l-Muin Nasafiyning aqida masalalari yoʻnalishida yozgan asarlari ana shu jihatdan barcha davrlarda ham oʻz qimmati va ahamiyatini yoʻqotmagan. Dunyo bugun 21 asrning ikkinchi oʻn yilligini yaunlash arafasida turibdi. Davrimizning ziga xos murakkabligi shundaki, jaholatga asir kuchlar, razolat botqogʻiga botgan oqimlar oʻz maqsadlariga yetish yoʻlida muqaddas taʼlimotlarni qurol qilishga intilmoqdalar. Bu oqimlar ilgari surayotgan yolgʻon aqidalar, asossiz daʼvolarga qarshi kurashish kuchli dalillangan imiy xulosa, raddiyalar bitilgan manbalarni talab qiladi. Aynan bunga javobni buyuk ajdodimiz Abu-l-Muin Nasafiy kabi allomalarning bizgacha yetib kelgan ilmiy merosidan topamiz”, - deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasiyasidagi nutqida yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash muhim vazifa ekanligini taʼkidlagan. Oʻz chiqishlarining birida Abu-l-Muin Nasafiyga “ming yil oldin jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan alloma”, deya taʼrif bergan edi. Nasafiy ilmining amaliy ahamiyatiga qaramasdan, shu paytga qadar uning merosi yetarli darajada oʻrganilmagan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий