< Volgogradda ichida 57 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus yuk mashinasiga borib urildi » Независимое информационное агентство. «ҲАМСИНФ»

Volgogradda ichida 57 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus yuk mashinasiga borib urildi

Volgogradda ichida 57 nafar oʻzbekistonlik boʻlgan avtobus yuk mashinasiga borib urildi
YTH shanba kuni Volgograd viloyati Chernishkovskiy tumanida roʻy bergan. Oʻzbekiston fuqarolari avtobusda Saratov viloyatidagi oʻtkazish punktiga ketayotgan boʻlgan.

Ichida 57 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan buyurtma avtobusi Volgograd viloyatidagi trassada KamAZ yuk mashinasi bilan toʻqnashdi, besh kishi jabrlandi. Bu haqda RIA Novostiga mintaqa boʻyicha IIV BB vakili Anton Kornauxov maʼlum qildi.

Xabarda yozilishicha, YTH 21 dekabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:20larda Volgograd viloyati Chernishkovskiy tumanida roʻy bergan.

Oʻzbekiston fuqarolari avtobusda Saratov viloyatidagi oʻtkazish punktiga ketayotgan boʻlgan.

“A-260 avtomobil yoʻlida buyurtma avtobusi haydovchisi ikkinchi darajali yoʻldan chiqayotib, ustunlikni bermagan va asosiy yoʻl boʻylab harakatlanayotgan “KamAZ” avtomobili bilan toʻqnashgan. Soʻngra avtobus yoʻl chetidagi ariqqa tushib ketgan... YTH oqibatida 5 kishi tibbiy yordam soʻrab murojaat qildi, ular Chernishkovskiy markaziy tuman kasalxonasiga yetkazilgan”, - deya maʼlum qilgan Kornauxov.

Hozirda voqea joyida tergovchilar va favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda va avtobus yoʻlovchilarini mahalliy maktablardan biriga vaqtincha joylashtirish masalasi hal qilinmoqda.

Комментарии (0)

Оставить комментарий