< Qozogʻistonda 50 nafar oʻzbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi » Независимое информационное агентство. «ҲАМСИНФ»

Qozogʻistonda 50 nafar oʻzbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi

Qozogʻistonda 50 nafar oʻzbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi
2019 yil 14 dekabrda Samara-Chimkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtobus Aqtobe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgani toʻgʻrisida maʼlumot tarqaldi.

TIV Qozogʻistonda buzilib qolgan avtobus yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi (Qozogʻiston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 14 dekabr kuni Samara-Chimkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan va ichida 54 nafar odam, jumladan 50 ta Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan avtobus Aqtobe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgani toʻgʻrisida OAVda tarqalgan maʼlumotni tasdiqladi.

Bosh konsulxona maʼlumotiga koʻra tuman yoʻl-patrul xizmati yoʻlovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan taʼminlash va avtobusni taʼmirlashda yordam koʻrsatdi. Avtobus esa taʼmirdan keyin harakatni davom ettirgan.

“Shu bilan birga TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor Oʻzbekiston fuqarolari eʼtiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozogʻistonga kirishda yoki uning hududidan oʻtishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar koʻrish zarurligiga qaratadi”, - deyilgan xabarda.

Комментарии (0)

Оставить комментарий