Germaniya nashri NATO Rossiyaga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrayotganini fosh qildi

AQSH va Yevropa qoʻshinlarini ishtirokida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Germaniyaning nashri Junge Welt yozishicha, AQSH va Yevropa qoʻshinlarini ishtirokida 25 yil davomida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.
Maqola muallifi yozishicha, stsenariyga koʻra, yil boshida boshlanadigan tadbirlarda harbiylar Atlantikadan Gʻarbiy Yevropaga joʻnatiladi. Keyinchalik Polsha va Boltiqboʻyi davlatlariga – “imkon qadar Rossiya chegarasiga yaqin” joyga olib boriladi.
“Rasmiy ravishda, bu AQSH harbiylarining mashqlari, ammo aslida NATOga aʼzo davlatlar Rossiya bilan urush boʻlgan taqdirda hujum qilishni repetitsiya qilishadi”, - deb yozilgan maqolada.
Junge Welt maʼlumotlariga qaraganda, mashqlarning bir qismi sifatida, amerikaliklar qoʻshinlarning Yevropaga koʻchishi paytida logistika samaradorligini sinab koʻrishadi va Germaniya ushbu tadbirda muhim rol oʻynaydi.
Комментарии (0)