SSV Toshkentdagi metro qurilishida yuz bergan yer oʻpirilishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Taʼkidlanishicha, voqea guvohi boʻlgan 1975 yil tugʻilgan qashqadaryolik ushbu holatdan qattiq stress holatiga tushgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yoʻnalishi qurilishida yer oʻpirilishi oqibatida roʻy bergan avariyada jarohatlanganlar yoʻqligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan.
“Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Voqea guvohi boʻlgan 1975 yil tugʻilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgan”, - deyiladi xabarda.
Ayni paytda unga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Xabarda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yoʻnalishi qurilishida yer oʻpirilishi oqibatida avariya sodir boʻlgani xabar qilingan edi.
Комментарии (0)