Oʻzbekistonda saylovlar oʻtkazildi deb hisoblash mumkin – Abdusalomov

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov saylovlarda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi
Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov saylovlarda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Taʼkidlanishicha, saylovda saylovchilarning 18 million 797 ming 810 nafaridan 13 million 355 ming 911 nafari (71,1 foizi) ishtirok etgan.
Saylov kodeksiga muvofiq saylovda 33 foiz saylovchi ishtirok etsa, saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi.

"23 dekabr kuni soat 14:00 da boʻlib oʻtadigan matbuot anjumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinadi",- deb taʼkidladi MSK raisi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda parlament saylovida ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etdi: Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi.
Комментарии (0)