Mirziyoyev prezident sifatida muxolifatga qarshi emasligini aytdi - OAV

Prezident Shavkat Mirziyoyev oppozitsiyaga qarshi emasligini, biroq u Oʻzbekistonda shakllanishi kerakligi haqida fikr bildirgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosida yoshlar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat borasida fikr bildirib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Xabarga koʻra, davlat rahbari oppozitsiyaga qarshi emasligi, ammo u chetdan kirib kelishini yoqlamasligini bildirgan.
"Internetda muxolifat haqida gap ketyapti. Menga ham "Oppozitsiya yoʻq", deb aytishadi. Oppozitsiya nima u? U qanday foyda beradi?
U shu yerda boʻlishi kerak. Qanday qilib chetdan keladi? Bu yerning shart-sharoiti, muhitini bilmaydi. Albatta, men prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Lekin u oʻzimizda shakllanishi kerak, buning uchun shu yerda muhit yaratilishi kerak. Toki u odamlarning muammolarini bilsin, shu yerda non yeb, shu yerda suv ichgan boʻlsin", – degan Mirziyoyev.
Prezident xorijdan keladigan muxolifatga qarshiligini taʼkidladi, deb yozadi nashr.
Комментарии (0)