< Pokistonning sobiq prezidenti oʻlim jazosiga hukm qilindi » Независимое информационное агентство. «ҲАМСИНФ»

Pokistonning sobiq prezidenti oʻlim jazosiga hukm qilindi

Pokistonning sobiq prezidenti oʻlim jazosiga hukm qilindi
Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat ayblovi bilan oʻlim jazosiga hukm qilindi.

 Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat ayblovi bilan oʻlim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar qildi.

Maxus sud hukmiga koʻra, sobiq davlat rahbari Pokiston Konstituttsiyasining oltinchi moddasiga muvofiq aybdor deb topilgan.

Parvez Musharrafga qoʻyilgan ayblovlar uning 2007 yilda mamlakatda favqulodda holat joriy etishi va Oliy sud aʼzolarini hisbga olishni buyurgani bilan bogʻliq.  Musharraf 2001 yildan 2008 yilgacha Pokiston prezidenti vazifasini bajargan.

72 yoshli Musharraf hozirda Dubayda. Tergov versiyaga koʻra, u oʻziga nisbatan qoʻyilgan jinoiy ayblovlar tufayli u yerga qochib ketgan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий